Bolalarni yozgi tatil paytida bo'sh qolishlarini oldini olishga qaratilgan shunday musobaqalardan biri Farg'ona viloyati Toshloq tumanida o'tkazildi. Toshloq tumanidagi 4-maktabga qarashli futbol o'yingohida BO'FM tomonidan tashkil etilgan 2001-2002 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi Yozgi tatil - 2013 futbol musobaqasi o'tkazildi.
Bu turnirda jami 12 jamoa ikki guruhga bo'lingan xolda bahslarga kirishdilar. Har bir guruhdagi 2 tadan jamoa yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Yarim finalda To'palang (murabbiy Tojiboev E) bilan Dinamo (murabbiy O'rinov A) ro'baro keldi. Bunda 1:1 xisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida omad To'palangga kulib boqdi. Ikkinchi yarim finalda esa Nurafshon (murabbiy Bordonov A) va Nayman (murabbiy Axmedov D) bahs olib bordilar. Bu baxsda Nurafshonning qo'li baland keldi 1:0.
Hal qiluvchi final bahsida To'palang va Nurafshon baxs olib bordi. Qiziqarli kechgan baxsda 1:0 xisobida Tojiboev Erkin shogirdlari g'alaba qozondilar. Turnir so'nggida g'oliblar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Musobaqaning eng yosh jamoasi sifatida Ziyaev Dilshodjon boshchiligidagi Oq Oltin jamoasi topildi.
Komiljon Ikromov