Toshkentdagi turnir g'olibi "Ufa" bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2016, 18:45
FIFA 16 bo'yicha Toshkentdan o'tgan MDH Kubogi g'olibi Robert Faxretdinov Rossiya Premer-ligasi ishtirokchisi "Ufa" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti e'lon qildi.

Robert Faxretdinov WSVG talqini bo'yicha 2015 yil jahon chempioni, ESWC 2013da kumush medal sohibi, Rossiya Kubogining amaldagi chempioni hisoblanadi.


"O'zim tug'ilgan shahar klubining sharafini himoya qilish imkoniyatidan xursandman. Men professional futbolchi bo'la olmadim, ammo Premer-liga klubi o'yinchisi bo'lganimdan baxtliman. Klubimiz muxlislarini xursand qilish uchun bor kuchimni ishga solaman" - deydi Faxretdinov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia