Toshkentda tashkil etilgan OFKning futbol mamuriy tuzilmalari faoliyati asoslari bo'yicha ilk dasturi yakunlandi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2019, 13:35
Bilasiz, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi o'rtasidagi aloqalar yanada rivojlanib, tobora yangi bosqichga ko'tarilib bormoqda.

Buning natijasi o'laroq, qita futbol uyushmasi bir qator musobaqa hamda muhim sport tadbirlari mezbonligini O'zbekistonga topshirmoqda.

Jumladan, 28 oktyabr-1 noyabr kunlari poytaxtimizda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan futbol mamuriy tuzilmalari ish faoliyatini tashkil etish mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Qayd etish joizki, bunday seminar ilk bora OFK tomonidan unga a'zo assotsiatsiyaning bevosita o'zida tashkil etildi.

Mazkur dastur davomida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi mutaxassislari Jahon sport akademiyasi va Osiyo futbol konfederatsiyasining tajribali mutaxassislari maruzalarini tinglab, o'z sohalaridagi so'nggi innovaciya va yangiliklardan boxabar bo'lish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

“Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Riding” kabi klublar, shuningdek, bir qator mahalliy va xalqaro futbol assotsiatsiyalarida uzoq muddat faoliyat olib borgan tajribali mutaxassislar – Stiv Griffts (Shimoliy Irlandiya), Pol Nelson (Angliya), Stiven Folk (Angliya), Tatyana Henni (Shveytsariya), Laslo Scalay (Vengriya), Joana Jon (Malayziya) hamda Liu Jiae (Xitoy) kabi maruzachilar zamonaviy futbol tuzilmalari, ularning faoliyatini to'g'ri tashkil etishda e'tibor qaratish lozim bo'lgan muhim jihatlar, boshqaruvchi kadrlarning ko'nikma va mahoratini oshirish, futbol uchrashuvlari va katta musobaqalarni o'tkazish, media-marketing sohalarining faolligini taminlash, bunda zamonaviy texnologiyalardan faol tarzda foydalanish, shuningdek, sport huquqi hamda jahon miqiyosida muvaffaqiyatga erishgan yetakchi futbol assotsiatsiyalari tajribalari bo'yicha o'z bilim va mahoratlarini o'rtoqlashishdi.

Bugun mazkur dastur o'z ish faoliyatini yakunladi. Uning qatnashchilariga maxsus sertifikatlarni topshirish marosimida O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi va bunday muhim dasturning dastlabkisini tashkil etishda OFK tomonidan O'FAga bildirilgan yuksak ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi.

Qayd etish joizki, ushbu dastur Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan unga a'zo milliy assotsiatsiyada ilk bora tashkil etildi va unga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mezbonlik qildi. Mazkur dasturning muvaffaqiyatli yakunlanishi asosida OFK qitamizning boshqa mamlakatlari futbol assotsiatsiyalarining ham mutaxassislari malakasini shu asosda oshirib borish tajribasini yo'lga qo'yadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz