Toshkentda OFKning Ayollar futboli kuniga bag'ishlangan festival bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2019, 13:59
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi joriy yilning 29 mart kuni Toshkentda OFKning Ayollar futboli kuniga bag'ishlangan festival tashkil qiladi.

Festivalda Toshkentning barcha tumanlaridan tashrif buyurgan 8-10 yoshdagi 200 nafar qizlar ishtirok etishadi.

Festival 09:00da boshlanadi. Tadbirni tashkil qilishdan asosiy maqsad bolalar futbolini rivojlantirish, futbolni ommaviylashtirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishdan iborat.

OFKning Ayollar futboli kuniga bag'ishlangan festival O'FAning sun'iy qoplamali maydonida bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz