Toshkentda OFKning “A” toifali sertifikati uchun murabbiylik kurslari o'tkazilyapti

Narzulla Saydullayev
2 noya 2016, 16:41
2 noyabr kuni Toshkentda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi hamda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamkorligida OFKning “A” toifali murabbiylik kurslari start oldi.

28 noyabrga qadar davom etadigan ushbu o'quv-kurslarida 24 nafar “A” toifali murabbiylik licenziyasini qo'lga kiritishga da'vogarlar tahsil oladi. Ular qatorida O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Ulug'bek Baqoev ham bor.

Seminarlar FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov tomonidan olib bormoqda. Unga Usmon Toshev yordamchilik qiladi. O'quv jarayoni koordinatori – Shavkat Imomov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com