"Toshkentda durang, Farg'onada "Neftchi"ning imkoniyati yuqoriroq" - Superliga bugungi derbilar oldidan ekspert fikri

Iskandarov Abdulaziz
25 iyun 2023, 09:38
Bugun Superliganing 13-turidan o'rin olgan yana 2 uchrashuv bo'lib o'tadi.

Toshkentda "Bunyodkor" "Paxtakor" bilan to'qnash kelsa, Farg'onada "Navbahor" "Neftchi" mehmoni bo'ladi. Mazkur uchrashuvlar oldidan ekspert sobiq futbolchi Abdumajit Toirovning fikr, taxminlarini e'tiboringizga havola qilamiz. 


"Bunyodkor" - "Paxtakor" 

- Derbida "Paxtakor" tarkib bo'yicha hozir "Bunyodkor"dan kuchliroq. Lekin "Bunyodkor" kuchli ishtiyoq evaziga lidyerdan ochko olishga harakat qiladi, deb o'ylayman. Menimcha durang bo'ladi.



"Neftchi" - "Navbahor"

- Vodiy  derbisi har doim qiziq bo'lgan. Bu o'yinda o'ylashim bo'yicha "Neftchi"ning imkoniyatlari yuqoriroq. Asosiysi qiziqarli,  sifatli va muxlislarga yoqaydigan o'yin bo'lishi shubhasiz.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia