Torres: "Real" Azarga yangi darajaga chiqishi uchun yordam beradi"

25 iyun 2019, 20:25
"Atletiko" va "Chelsi"ning sobiq himoyachisi Fernando Torres Eden Azarning "Real"ga ko'chib o'tgani haqida fikr bildirdi.

"Har bir o'yinchi "Real"da o'ynashni xohlaydi. Chunki, bu klubda tarix yaratish mumkin. Azar - sovuqqon futbolchi. "Real" unga yangi darajaga chiqishi uchun yordam beradi. Yanada kuchliroq bo'lishi uchun Azar o'zini ruhlantira oladimi, yo'qmi? Buni bilmayman. Lekin, ajoyib sharoitlarga ega bo'lmoqda. "Chelsi"da birga harakat qilganimizda, u dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lishi yaqqol ko'ringandi", - deydi Torres.


O'xshash yangiliklar


Manba: en.as.com