Torres: "Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmaganim men uchun yangilik bo'lmadi"

4 iyun 2016, 23:10
Ispaniya terma jamoasining Yevropa chempionatiga boradigan yakuniy tarkibiga kiritilmagan Fernando Torres bunga o'z munosabatini bildirdi.


- Men terma jamoa safida Yevropa chempionatiga bormasligimni bilardim. Yakuniy tarkibdan o'rin olmaganim meni hayron qoldirgani yo'q. Ishonamanki, Ispaniya mensiz ham kerakli darajada kuchli. Del Boske va uning boshqaruvidagi Ispaniya terma jamoasiga omad tilab qolaman.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca