Toni Kroos: "Santyago Bernabeu" - dunyodagi eng yaxshi stadion"

Aslanov Jasurbek
15 noya 2021, 01:39
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos rekonstrukciya ishlari davom etayotgan "Santyago Bernabeu" stadioni haqida gapirdi.

"Bu er allaqachon dunyodagi eng yaxshi stadionga aylangan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Rekonstrukciya ishlari tugagach, maydon qanday ko'rinishda bo'lishini suratlarda ko'rishingiz mumkin.

Men bu yerda o'ynashni juda xohlayman va umid qilamanki, yangi stadionda bir necha yil to'p sura olaman", - dedi Kroos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com