

"Real Madrid" klubi futbolchisi Toni Kroos klubga kelayotgandagi maqsadlari haqida gapirdi.
"Real"ga o'tayotganimda sovrinlar va YCHLni yutishga umid qilgandim. Katta muvaffaqiyatlarga umid qilgandim, lekin bu darajada emas.
"Real"ga "Bavariya"dan kelganman. Bu katta klub edi. "Real Madrid"da uzoq yillar qolishni va o'z o'rnimga ega bo'lishni xohlagandim", -deydi Toni Kroos.
Ma'lumot uchun, Toni Kroos "Real" bilan 20 ta sovrin yutishga erishdi. Ular orasida to'rttadan YCHL va Yevropa superkubogi, uchtadan La Liga va Ispaniya Superkubogi bor. Bundan tashqari, Kroos bu klubda besh marta klublar o'rtasidagi Jahon chempionligi va bitta Ispaniya superkubogini qo'lga kiritgan.



