Toni Kroos: “Bavariya” birinchi bo'limning boshidagi tezkor o'yinini saqlab qola olmadi”

Tolibjon Qosimov
11 dek 2013, 12:41
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos, jamoasining Chempionlar ligasi 6-tur guruh bosqichi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindagi mag'lubiyati (2:3) xususida to'xtalib o'tdi.

- Biz butun o'yin davomida, birinchi bo'limning boshidagi 25 daqiqa davomida ko'rsatgan hujumkor o'yinimizni saqlab qola olmadik. Biz maydonga faqatgina g'alaba qozonish maqsadida chiqqan edik. Biroq afsuski bu o'yinda mag'lubiyatga uchradik. Keyingi bahslarda butun o'yin davomida bir xil hujumkor ruhda harakat qilishimiz kerak, - Krossning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru