Toni: "Bavariya"da van Gal bilan mushtlashib ketishimga bir bahya qolgan"

Aslanov Jasurbek
9 may 2016, 11:03
"Verona" hujumchisi Luka Toni "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

"Turinliklar davrozasiga urgan penaltidan panenka uslibidagi golim tavakkal sabab amalga oshdi. Baxtimga hammasi yaxshi yakunlandi. O'zim urgan har bir golni yaxshi ko'raman. Ammo bugungi kecha men uchun yaxshisi bo'lsa kerak, chunki bu faoliyatimni yakuni.

Uzoq vaqt murabbiy bilan yaxshi munosabatda bo'lmadik, buni eslash yoqimli emas. Ammo hozir kelishib oldik. "Bavariya"da van Gal bilan aloqalarim bundan batarroq edi. O'shanda mushtlashib ketishimizga bir bahya qolgan. Murabbiy bo'lmoqchi emasman" - deydi Toni.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia