Luka Toni: "Yuventus"ga Ronaldu yetishmayapti"

Mirjalol Normatov
15 dek 2021, 22:34
Italiya termasining sobiq hujumchisi Luka Toni "Manchester Yunayted"ga o'tib ketgan forvard Krishtianu Ronalduning "Yuventus" o'yinlariga ta’siri haqida gapirdi.

Ayni damda Turin klubi A Seriya turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.

"Ronaldu yetishmayapti, boshqa biror nima deyish mushkul. U jamoadagi ko'plab gollarni kafolatlab berayotgan va katta mas'uliyatni bo'yniga olayotgandi.

"Yuve" top-futbolchilarni tarkibiga olmadi, Ronaldu ketganidan keyin esa qolgan futbolchilarning o'yinida pasayish kuzatildi. Ayniqsa, gol urish va mas'uliyatni bo'yniga olish masalasida. Shu sababli jamoani o'tgan mavsumdagidan ko'ra yaxshi o'yin ko'rsatyapti deb bo'lmaydi", - dedi Toni.

Ronaldu 2018-2021 yillar davomida "Yuventus" tarkibida 134 o'yinda 101 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal