Tonali Angliyaga qarshi o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
22 sen 2022, 18:02
Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Sandro Tonali Millatlar ligasi doirasida Angliyaga qarshi maydonga tusha olmaydi.

Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, "Milan" vakili mushaklarini shikastlab oldi va bugungi mashg'ulotda qatnashmadi.

Eslatib o'tamiz, Italiya - Angliya o'rtasidagi bahs ertaga, 23 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport