Tompson: "Klopp o'shanda "Liverpul" emas, "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin edi"

Mirjalol Normatov
28 iyun 2020, 18:37
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Fil Tompsonning aytishiga ko'ra, Yurgen Klopp bir vaqtlar "Manchester Yunayted" boshqaruvini o'z qo'liga olishi mumkin bo'lgandi.

"Kloppdan intervyu olganimda u menga "Manchester Yunayted" boshqaruvini o'z qo'liga olishi mumkin bo'lganini aytgandi. Biroq uning rafiqasi bu noto'g'ri bo'lishini va unday qilmasligi kerakligini gapirgan ekan.

"Liverpul"dan variant paydo bo'lganida esa tezda bunga ijobiy javob berilishi kerakligini taklif qilgan. U xuddi "Liverpul" uchun yaralgandek", - dedi Tompson.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal