Tomas Vermalen: Barselonada o'ynash barcha futbolchilar orzusi

Narzulla Saydullayev
10 avg 2014, 08:54
Barselonaning yangi himoyachisi Tomas Vermalen o'z fikrlarini bildirdi.
Bu klubda o'ynash barcha futbolchilarning orzusi hisoblanadi. Bu yerda ajoyib futbolchilar bilan birga o'ynaysan.

Har kuni jahon yulduzlari bilan shug'ullanib o'z o'yinimni kuchaytiraman.

Bosim? Men Arsenalda o'ynaganman shu bois bunday hissiyotni boshimdan o'tkazganman. Har bir o'yinni yutish kerak.

Tezroq jamoaga, yangi muhitga moslashib olishim kerak, – deydi Vermalen.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru