Tomas Tuxel: "Vest Xem"ga qarshi hech kim ochiq o'ynamaydi"

Mirjalol Normatov
3 sen 2022, 22:37
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Vest Xem"ga qarshi irodali g'alaba haqida gapirdi.

"Vest Xem"ga gol urish juda qiyin. Ular doimo chuqur va zich himoyalanishadi. O'tkazib yuborilgan goldan keyin barchasi qiyinlashib ketdi. Kambek qilish uchun katta kuch sarfladik. Bu yerda jamoaning xizmati juda katta. Hullas, bu g'alaba barchamizniki.

"Vest Xem" gol urgan vaziyatda darvozabonga qarshi fol bo'lgandi. Aslida birinchi golda ham bunga shubxa qilgandim, biroq bu holat haqida ortiqcha gapirishni istamayman. O'tgan safar katta jarimalarni yog'dirib tashlashgandi. Fikringni so'rashadi va jarimaga tortishadi.

Bunday yopiq jamoaga qarshi o'yin vaqtida ishonchni saqlab qolish ham juda qiyin. Ular ochiq o'ynashmaydi va jangovarlik namoyish qilishmaydi. Biz esa bu impulsni yaxshilash uchun qadam va qadam o'sishda davom etyapmiz", - dedi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal