Tomas Tuxel "Borussiya"dan ketishi mumkin

Tolibjon Qosimov
8 may 2017, 13:31
"Bild" nashrining ma'lum qilishicha, "Borussiya" (Dordmund) bosh murabbiyi Tomas Tuxel rahbariyat bilan kelishmovchilik sabab jamoadan ketishi mumkin.
Bunga klub ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatcke va prezidenti Raynxard Rauballar YCHL 1/4 final doirasidagi "Monako"ga qarshi o'yinni chorshanbaga ko'chirishgani sabab bo'lgan. Eslatib o'tamiz, seshanba kuni dordmundliklar avtobusi yonida ro'y bergan portlash natijasida jamoa o'yinga yetib kela olmagan va o'yin ertasiga ko'chirilgan edi. Xabar qilinishicha, klub rahbariyati uchrashuvni keyingi kunga ko'chirish borasidagi qarorni qabul qilgan va buning sababini bosh murabbiyga izohlamagan.

Eslatib o'tamiz, "Borussiya" ikki o'yin natijasiga ko'ra, "monegasklar"ga 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bild