Tomas Tuxel "Bavariya"da so'nggi 31 yillikdagi eng yomon murabbiy

Mirjalol Normatov
13 avg 2023, 16:51
Tomas Tuxelning "Bavariya" boshqaruvidagi faoliyati omadsiz boshlandi.

Kecha uning jamoasi Germaniya Superkubogida "Leyptsig"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu Tuxelning "Bavariya" boshqaruvidagi 13-o'yini bo'ldi. Shularning 5tasida u mag'lub bo'lgan. Bu 1992 yildan beri kuzatilayotgan eng yomon natija hisoblanadi. O'shanda Soren Lerbyu ham 13 o'yinning 5tasida yutqazgandi.

Tuxel shu yilning mart oyida "Bavariya" boshqaruvini qo'liga olgandi. Uning qo'l ostida jamoa 6 g'alaba va 2 durang qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Stats Foot