

"Albatta, bizda hali qilinadigan ishlar bor. Bugungi o'yindan juda hafsalamiz pir bo'lganini va norozi ekanligimizni aytish adolatli deb o'ylayman. Buni inkor etmoqchi emasman. Muxlislardan uzr so'rayman. Biroq qayerdan boshlaganimizni ham o'ylab ko'rishga arziydi. O'tgan yili 17-o'rinni egallagandik. O'yinni qurishga harakat qildik, ammo bugungi bahs hech narsa qurmayotganimizdek taassurot uyg'otdi.
Men jamoani 5-4-1 sxemasida maydonga tushirdim, tanaffusda uni o'zgartirdim va bu juda "muvaffaqiyatli" bo'ldi - raqib taym boshlanganidan bir daqiqa o'tib gol urdi. 3:0. Qolganini o'zingiz bilasiz", – dedi daniyalik mutaxassis.
"Tottenxem" Angliya chempionati turnir jadvalida 12 o'yindan so'ng 18 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda.



