

Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi rasmiy sayti e'lon qildi.
Bu o'yinga chipta xarid qilgan muxlislar bir nechata qimmatbaho sovg'alar yutib olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng kirish chiptalari orqali planshet, yangi smartfon, sport kiyimi va "Mersedes-Benc" avtomobili o'ynaladi.
Barcha tribunalar uchun chiptalar narxi - 20 somoni etib belgilandi.
Eslatib o'tamiz, Suriya terma jamoasi O'zbekistonga qarshi JCH-2018 saralash o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda. O'zbekiston - Suriya uchrashuvi 1 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.



