Tohir Shamsitdinov kechirildi

Narzulla Saydullayev
2 avg 2015, 09:25
Mavsum arafasida olimpiya terma jamoasi safida qilgan xatti-harakati uchun himoyachimiz Tohir Shamsitdinov bir yil davomida futbol o'ynash huquqidan mahrum etilgandi.

Futbolchi qilgan ishidan pushaymon bo'lib, tushkun holatga tushib qolgandi. Qolaversa, Tohirni yo'qligida jamoamiz himoyasi ham kuchsizlanib qolgandi. Aynan shu sababli klubimiz himoyachini avf etishni so'rab O'zbekiston Futbol Federatsiyasiga murojaat qilgandi. Shu bilan birgalikda Shamsitdinov yo'l qo'ygan xatosi uchun uzr so'rab, kechirishlarini so'ragandi. Vaziyatni o'rganib chiqqan O'FF yakunda Shamsitdinov foydasiga qaror qabul qildi. Demak, Tohir ikkinchi davrada jamoamiz safida maydonga tushadigan bo'ldi. Fursatdan foydalanib, Federatsiyamiz prezidenti Mirabror Usmonovga klubimiz va minglab namanganlik muxlislar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz