“Tobol”: "Sergeev O'zbekiston MTJ yig'iniga jalb qilindi"

Eldor Akmurzayev
12 mar 2023, 10:20
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Tobol” hujumchisi Igor Sergeev O'zbekiston MTJning mart oyidagi yig'inlarida ishtirok etadi.

19 mart kuni Srechko Katanets shogirdlari Saudiya Arabistoniga jo'nab ketadi. FIFA kunlari doirasida o'zbekistonliklar Boliviya (24 mart) hamda Venesuela (28 mart) bilan bahslashadi.

29 yoshli hujumchi joriy mavsum Qozog'iston chempionatida 2 ta o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: vk.com/fctobol