Tite Trampning kesatig'iga javob berdi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2018, 14:59
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Titega AQSH prezidenti Donald Trampning FIFA rahbari Janni Infantino bilan uchrashuvdagi gaplari yoqmadi.

Prezident Oq uydagi uchrashuvda jurnalistning pentakampeonlar haqidagi savoliga quyidagicha javob bergan: "Futbol mamlakati? Yaqinda sizlarda bu borada muammolar bor edi".

Tramp bu gapi bilan braziliyaliklarning JCH-2018dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokiga ishora qildi. Braziliya terma jamoasi Belgiyaga mag'lub bo'lib (1:2), mundialni chorak finalda tark etgan edi.

"Trampga javobim shunday: Biz besh karra jahon chempionimiz. U tarixni o'rgansin" - deydi Tite.

Braziliya terma jamoasi 1958, 1962, 1970, 1994 va 2002 yillardagi mundiallarda g'olib bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports