Tite: "Neymar tanqid emas, maqtovlarga loyiq"

Aslanov Jasurbek
18 avg 2018, 14:52
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Titening fikricha, PSJ va milliy jamoa hujumchisi Neymar dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri.

"Neymar o'zini tutishi uchun tanqid emas, maqtovlarga loyiq. Menda Neymar bilan hech qanday muammo bo'lmagan, u bilan ishlash oson. Neymar men uchun dunyoning eng yaxshi uch futbolchisidan biri" - deydi Tite.

Neymar 2017 yil "Barselona"dan PSJga o'tgan edi. So'nggi mavsum forvard Fransiya chempionatining 20ta uchrashuvida 20ta gol urib, 16ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com