

Timur Kapadze: "Bahs qiyin bo'ldi. Biz yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qildik, biroq maydon bunga imkon byermadi. Bu tomondan "Andijon"ga osonroq bo'ldi, chunki bunday maydonda himoyalanish oson va ular xohlayotgan o'yinni ko'rsatish engilroq bo'lsa kyerak. PFL bunday maydonni qanday qabul qilyapti... Arena maydonining holati yaxshi emas. Shunga qaramay yigitlarimiz imkoni boricha harakat qilishdi.
Bahs boshida himoyachimizning xatosi tufayli gol o'tkazib yubordik. Lekin vaziyatni o'ngladik. Raqibning ikkinchi golida fol bor edi. Takroriy lavhada ham ko'rdim. Ochiqchasiga fol bo'lgan, lekin hakam jim. Komissar va boshqalar bu narsaga jiddiy qarashi kyerak, chunki u gol bilan yakun topdi.
Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi tufayli bosim bo'ldi, lekin bolalar bor kuchini byerishdi. Kamchiliklar bor, biroq bunday maydonda o'ynash qiyin".
- Zaxiradan bahsga qo'shilgan futbolchilar o'yinni kuchaytira oldimi?
- Kuchaytira olishdi. Bu maydonda o'ynash qiyin, juda qumli. Tarkibda o'zgartirishlar qilib, jamoa jismoniy holatini yaxshilashga urindik. Lekin qiyin bo'ldi. Zaxiradan maydonga tushganlardan ko'nglim to'ldi.
- Jamoa yoshlardan tashkil topgan. Bugungi atmosfyera yigitlarga ta’sir qildi deb o'ylaysizmi?
- Balki bo'lgandir, biroq maydon holati ko'proq ta’sir o'tkazdi deb o'ylayman. Raqib haqida tasavvurga ega edik, ammo maydon... To'p bilan harakatlanish, to'pni o'ziga to'g'irlashda qiynaldik. Hakamlar vaziyatlarni qaytadan ko'rib chiqishi kyerak deb o'ylayman.
- "Olimpik" oxirgi marta Supyerliga doirasida may oyida g'alaba qozongan. Bu yilgi "Olimpik" avvalgisiga nisbatan barqaror emas.
- Ko'p o'zgarishlar bo'ldi. Yangi yigitlar kelgan. Qayerdadir kamchiliklar bo'lyapti, bu yosh uchun normal holat deb o'ylayman. Asosiysi xato takrorlanmasligi. Vazifam - bu yigitlarga imkoniyat byerish. Ko'p yigitlar o'z jamoasida o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti, bu yerda esa ularga imkon byerayapmiz. Ular yaxshi harakat qilishsa, tyerma jamoaga chaqiramiz.




