Tim Xovard: "AQSH to'rt yildan so'ng yanada kuchli bo'ladi"
Aziz Tukhtamuradov
2 iyul 2014, 08:08
AQSH terma jamoasi darvozaboni Tim Xovard Belgiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Belgiyaliklar esa o'yin davomida bizga etarlikcha bosim o'tkazishdi va haqli ravishda chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Ularda ajoyib jamoa bor.
To'rt yildan so'ng biz yanada kuchli bo'lamiz", - deydi Xovard.