"The Sun" nashri "Liverpul"ning yangi mavsumdagi asosiy darvozaboni kim bo'lishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
1 iyul 2018, 17:15
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp darvozabon Loris Karius bilan gaplashib olgan.

"The Sun" nashri xabariga ko'ra, Klopp Kariusga ishonch bildirgan. Loris keyingi mavsumda ham jamoaning asosiy darvozaboni bo'ladi. Yurgen YCHL finalidagi qilgan xatolari tufayli uni kerakmas futbolchiga chiqarib yubormoqchi emas.

Manbaga qaraganda, "Liverpul" shunga majbur bo'lmoqda. Chunki jamoa "Roma" posboni Alisson bilan shartnoma imzolay olmagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun