Tez orada futbol olamidagi bazi sirlar oshkor bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 noya 2018, 13:18
Germaniyaning Spiegel nashri dunyo futbol yulduzi va bir necha marta Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan o'yinchi qonidan doping topilgani haqida ma'lumot berdi.

Bundan tashqari, "Angliya Premer-ligasi titanlari" soliq to'lashdan bo'yin tovlagani haqida ham aytilgan.

Hozircha qonida doping aniqlangan futbolchi nomi oshkor qilinmagan. Qaysi klub firibgarlik qilgani ham ma'lum emas.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Spiegel Football Leaks hujjatlari asosida katta masshtabli tekshiruv o'tkazgan edi. Tekshiruv natijasida FIFA prezidenti Janni Infantino "Manchester Siti" va PSJga moliyaviy feyr-pley jazosidan qutilib qolishga yordam bergani ma'lum bo'ldi. Bundan tashqari, Yevropaning 16ta klubi 2021 yilda Chempionlar ligasi o'rnini egallovchi yangi turnir tashkil etmoqchiligi aniqlandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Spiegel