
"Oltin to'p"ni yutib olish bu juda qiyin ish hisoblanadi. Italiya chempionatida to'p surib dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lish oson emas. Chunki A Seriya boshqa ligalardan samaradorlik bo'yicha ortda qolmoqda. To'rt marotaba ketma-ket chempion bo'lish bu juda katta natija. Ayniqsa Italiyada bu ishni amalga oshirish hazilakam ish emas. Italiya futboli taktik va jismoniy jihatdan juda kuchli liga hisoblanadi.