Terri: "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng biz birinchi o'ringa chiqib olishimiz mumkin"

Narzulla Saydullayev
15 dek 2013, 14:44
"Chelsi" himoyachisi Jon Terri "Kristal Pelas"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Albatta, "Arsenal"ning mag'lubiyati bizga yaxshi ta’sir qildi. O'sha o'yin natijasini bilib maydonga tushdik va g'alaba qozondik. Endi biz "Arsenal" maydoniga boramiz, u yerda g'alaba qozona olsak musobaqa peshqadami bo'lib olamiz. Bu jamoaga Rojdestvo bayrami oldidan katta yutuq bo'lardi".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru