Terri Anri - "Barselona" murabbiyligi uchun davogar

Alisher
23 sen 2021
"Barselona" sobiq forvardi, Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi assistenti Terri Anri Ronald Kumanning ehtimoliy iste'fosi sabab, Kataloniya klubini boshqarish uchun navbatdagi davogarga aylandi.

"Ko'k-anorranglilar" Anri nomzodini 2017 yilda ham ko'rib chiqishgan, yakunda esa jamoani Ernesto Valverde qabul qilib olgan edi.

Endilikda "Barsa" yana 44 yoshli fransiyalikning variantini o'rganmoqda.

Kataloniyaliklar yangi murabbiylikka Xavi yoki Anri kabi o'zining sobiq o'yinchilaridan birini tayinlashni afzal ko'rmoqda.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, agar Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Robert Martines "Barselona"ni boshqarsa, Anri uning shtabiga ham kirishi mumkin.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo