Ter Stegen uchun mavsum yakuniga etdi

Aslanov Jasurbek
23 sen 2024
Mark-Andre ter Stegen tizzasidagi jiddiy jarohat tufayli operaciya qilindi.
"Barselona" va Germaniya terma jamoasining 32 yoshli darvozaboni "Vilyarreal"ga qarshi bahsning (5:1) 1 bo'limida jiddiy jarohat olib, maydonni tark etgan edi.

Klubning ma'lum qilishicha, ter Stegen bugun Barselona shahrida operaciya qilingan.

Oldinroq, turli nashrlar darvozabon safga qaytishi uchun 8 oy kerak bo'lishini ma'lum qilishgan edi. Demak, posbon uchun mavsum deyarli yakunlandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com