Ter Stegen Barselona futbolchisi sifatida tanishtirildi

Narzulla Saydullayev
22 may 2014, 18:27
Menxengladbaxning Borussiya klubidan ketgan Mark-Andre ter Stegen Barselona futbolchisi sifatida tanishtirildi.
Kataloniya klubi ter Stegenni 12 million evroga sotib oldi, u bilan 5 yillik shartnoma tuzildi. Endi darvozabonni sotib olmoqchi bo'lgan klub "Barselona"ga 80 million evro to'lab qo'yishi kerak.

Ushbu transfer amalga oshgani haqida ikki kun oldin e'lon qilingandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru