

Manbaning xabariga ko'ra, nemis darvozaboni yanvar oyida "ko'k-anorranglilar"ni tark etish niyatida emas.
"Zag'izg'onlar"ning yangi rahbariyati posbonning vakillari bilan muzokaraga kirishdi, ammo darvozabon Tumanli Albionga borishni istamasligini ochiqchasiga ma'lum qildi.
Oldinroq "Nyukasl" Mark-Andreni "Barselona"dan 55 million evroga sotib olishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
Darvozabonning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.



