Ter Shtegen Ispaniya Kubogi finalida ishtirok etadimi?

Alisher
23 may 2019, 14:01
"Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen Ispaniya Kubogi finali doirasidagi "Valensiya"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Germaniyalik darvozabon o'ng tizzasidagi jarohatdan aziyat chekmoqda va yaqin haftalarda tiklanishni davom ettiradi.

Ispaniya Kubogi finali 25 mayda Sevilyadagi "Benito Vilyamarin" stadionida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, darvozabon joriy mavsumda "ko'k-anorranglilar" libosida 51ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona