Ten Xag yozda Mauntni qo'lga kiritishni istaydi

Omonjon To`xtamirzayev
26 may 2023, 10:21
"Manchester Yunayted" "Chelsi" yarim himoyachisi Maunt xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, manchesterliklar futbolchi transferi uchun 55 mln funt sarflashga rozilar. Mauntni jamoada ko'rishni bevosita jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag istamoqda. Shu sababli xavbek jamoaning yozgi transferlar oynasidagi asosiy "nishoniga" aylanadi. Londonliklar angliyalik yarim himoyachisini 85 mln.ga baholamoqda. 

Shuningdek, Mauntning "aristokratlar" safidagi taqdiri jamoaning yangi murabbiyiga ham bog'liq bo'lishi mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, o'sha yangi murabbiy Maurisio Pochettino bo'lishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 24 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yil yozida yakunlanadi.

Avvalroq, jarohat sabab futbolchi uchun mavsum yakunlangani va klub egasi Boeli Maunt bilan uchrashib gaplashib olgani haqida xabar bergandik.    

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Athletic