Ten Xag: “Mavsumning boshida MYU raqiblariga xo'rak bo'lmoqda”

Nozimov Nig'monxo'ja
8 okt 2023, 10:18
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag “Brentford”ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikr bildirdi.

“Bizda juda tajribali futbolchilar bor, ular yuqori saviyali futbolchilar, shuning uchun ular mas'uliyatni o'z zimmalariga olishlari kerak. Futbolda yoki raqibingni eysan yoki u seni eydi. Ko'pincha mavsumning boshida MYU raqiblariga xo'rak bo'lmoqda. Bu sodir bo'lmasligi kerak. Har bir futbolchi har soniyada foydali bo'lishi kerak. Bu Agar hamma ushbu talablar va standartlarni bajarsa, biz o'tgan mavsumdagi kabi yaxlit jamoa bo'lamiz.

Biz doim ham aniq qaror qabul qilmayapmiz, buning uchun esa jazolanmoqdamiz. Buni o'zgartirish kerak”,-dedi ten Xag.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com