

"Maguayr ustunlik qildi, o'yinni nazoratda ushladi. Bu men birinchi hafta va oylarda ko'rganim emas, butunlay boshqa Harri. U juda ko'p tashabbus ko'rsatyapti, raqib ustidan ustunlik qilmoqda, ochilyapti va paslar uzatib turibdi. Ha, bu juda ajoyib o'yin", – dedi Erik ten Hag.
Angliyalik futbolchi joriy mavsum APLda bor-yo'g'i 12 ta o'yinda maydonga tushdi.



