Tayfun Korkut “Shtutgart” bosh murabbiyi!

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2018, 00:17
Germaniyaning “Shtutgart” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Unga ko'ra, Tayfun Korkut “Shtutgart” jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. 43 yoshli mutaxassis bilan kelishuv 2019 yilning yozigacha amalda bo'ladi. Tayfun bugun, yani 30 yanvardan o'z ishiga kirishadi.

Ma'lumot uchun, Korkut bundan avval “Gannover”, “Kayzerslautern” va “Bayer” klublarida ishlagan edi. “Shtutgart” rahbariyati yakshanba kuni jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab Xannes Volfni iste'foga chiqargandi. “Shtutgart” Bundesliganing 20-turidan so'ng 20 ochko bilan 14-o'rinni egallab turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif