

"Rubin"ning vazifasi aniq - RPLga chiqish, shu sababli tajribali murabbiy taklif etildi. Utkulbaev yaxshi do'stimiz hisoblanadi, ammo muvaffaqiyatli uchrashuvlar bilan bir qatorda, omadsizliklar ham uchrab turdi.Bizga esa hozir faqat g'alabalar kerak.
Birinchi o'yin ko'rsatdiki, qarorimiz to'g'ri bo'lgan: jamoa butkul boshqa futbol ko'rsatdi, avval yetishmagan boshqa hissiyotlarni sezdik. Muxlislar stadionga qaytmoqda - tomoshabinlar tashrifi bo'yicha mavsum rekordini yangiladik.
Eslatib o'tamiz, Qozon klubi Birinchi ligada 2-o'rinni egallab turibdi.



