“TASS”: Antuan Grizmann yozda “Barselona” o'yinchisiga aylanadi

26 mar 2018, 00:05
Grizmann yozda klubini almashtiradi.

“TASS” axborot agentligining yozishicha, “Atletiko Madrid” hujumchisi Antuan Grizmann yozda “Barselona”ga o'tadi. “Barselona” Antuan uchun Madrid klubi g'aznasiga 100 million evro o'tkazib berishiga to'g'ri keladi. Har holda futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasidagi tovon puli qiymati 100 million evro qilib belgilab qo'yilgan.

Qayd etilishicha, klublar bu mablag'ni muddatli bo'lib to'lash shartini muhokama qilmoqda. Yani “Barselona” 100 million evroni birdaniga emas, balki bo'lib-bo'lib ma'lum muddatda to'lamoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “TASS”