

Bir necha kun oldin Fransiya vaziri Manuel Vals juda qiziq gap aytdi: "Barselona" Liga 1da? "Monako" ham francuz ligasida o'ynayaptiku, shu sabab ...". To'g'ri-da, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin.
Keling tasavvur qilib ko'ramiz, "Barselona" Fransiya chempionatida...
Liga 1da chempionlik uchun kurash shiddatli bo'ladi
Monopolyalashib borayotgan francuz chempionati muxlisini yo'qotib bormoqda. Liga 1 chempioni kim bo'lishini ko'pchilik avvaldan biladi. Na "Lion", na "Monako" va na "Marsel" bu haqida xatto o'ylay olmaydi ham. Yetakchilar safida borayotgan "Anje" va "Kan"ni davogar sifatida sanash absurd bo'lar edi.

PSJ raqobatdan tashqarida. Ularning asosiy raqibi - o'zlaridir. Loran Blan shogirdlari Chempionlar ligasi o'yinlariga moslashib bormoqda, ammo mamlakat chempionatida esa yarim kuch ishlatilyapti. Qatar to'layapti, shu sababli musiqani Qatar buyutiradi. Liga 1da hozircha hech kim Qatarning taklifidan ustunroq shartnoma taklif qila olmaydi.

"Barselona" aynan shunday jamoa va ular PSJ hayollarini yo'qqa chiqarishi mumkin. Qatarliklar bir necha yildan beri "Barselona"ni mablag' bilan taminlamoqda. Demak, PSJga haqiqiy raqib topiladi.
Yangi francuzcha "klassiko"
Keling ochiqchasiga aytay, "Marsel"ning hozirgi holati parijliklar bilan kurashish uchun talabga javob bermaydi va "Marsel" - PSJ uchrashuvining ahamiyati katta emas. Undan ko'ra, muxlislar "Marsel" - "Lion" o'yinini tomosha qilishni afzal ko'rishadi. Chunki bu bahsda nimadur hal bo'lishi mumkin.
Etar, bas! "Barselona"ning Fransiya chempionatida ishtirok etishi yangi superbahsni yuzaga keltiradi. Endi sovrin taqdiri faqatgina "Park de Prens"da emas, balki "Kamp Nou"da ham hal bo'ladi. Katta stadion, ajoyib tarixga ega klub Liga 1 dunyosiga ko'p narsa berishi mumkin. "Barsa" - PSJ o'yini yangi "klassiko" bo'lish ehtimoli juda katta. Bunday uchrashuvlar Chempionlar ligasidagina bo'lib qolmay, liga doirasida ham o'tkaziladi.

Jahonning eng yaxshi futbolchilari Liga 1da
Fransiya chempionatidagi yuqori darajali futbolchilarning soni ancha ortadi. Zlatan Ibragimovich telekameralar va fotoapparatlar obektivining yagona nishoni bo'lishdan to'xtaydi va Neymar, Lionel Messi, Luis Suares, Andres Inesta va boshqa yulduzlar ham franuz OAVda tinimsiz muhokama qilinadi.

Fransiya futboliga bo'lgan qiziqish ortadi va telehuquqlardan kelayotgan foyda sezilarli darajada ko'payadi. "Marsel" prezidenti Vensan Lyabryun esa ingliz Premer-ligasi juda ko'p pul topayotgani va ulardan francuz klublariga hech narsa qolmayotgani haqida gapirishdan to'xtaydi.
"Loryan" Xarri Keynni xarid qila oladi, "Kann" Andi Ledor uchun xaridor qidirmaydi, "Lion" esa yangi stadion qurilishi uchun qarzlardan juda tez qutiladi va haqiqiy yulduzlarni sotib olishga imkoni bo'ladi.
Liga 1ni zerikarli deyishmaydi
Aslida chempionat zerikarli emas, lekin chempionatga "Barselona" qo'shilsa ham uni shunday ataydiganlar topiladi. Menimcha, ular hasad qilishadi. "Barselona" bir soat ichida har qanday chempionatni mashhur qila oladi.

Buning barchasini yana bir tahlil qilib, orzularni ko'paytirib yuborganimni sezdim. Liga 1 mashhur bo'lib kyetishi mumkin, ammo haqiqiy hayotga qaytish kerak.
Agar "Barselona" Fransiya chempionatiga o'tsachi? Buni kuzatish juda qiziq bo'ladi.



