

Tehron shahrida o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi.
"Ajoyib o'yin o'tkazdik. Vaziyatlarimiz ko'p edi, biz osonlikcha g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Biroq omadimiz kelmadi va zafar qucha olmadik.
Gol urgach, jamoadagilar ijobiy energiyani his qilishdi va yanada yaxshi o'ynay boshladik", – dedi "Portu" futbolchisi.



