Tantashev JCH saralash o'yinida hakamlik qildi

Xayrulla Xoliqov
28 yanv 2022, 17:24
Ma'lumki, kecha Osiyo qitasida jahon chempionati saralash bosqichining navbatdagi tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Bert van Marveyk boshchiligida BAA terma jamoasi kecha Suriyani qabul qilib 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur bahsni o'zbekistonlik hakamlar boshqarib bordi. 

Ilgiz Tantashev maydonda bosh hakam vazifasini bajargan bo'lsa, unga qanotlarda Andrey Sapenko bilan Timur Gaynullin yordam berdi. Qizig'i shundaki, Tantashev bu o'yinda hech qaysi jamoa futbolchisiga sariq yo qizil kartochka ko'rsatmadi. Penalti ham qo'ymadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia