Takkinardi Ronaldu haqida: "U "Yuve"dan juda noqulay vaqtda ketdi"

Omonjon To`xtamirzayev
9 sen 2021, 19:46
"Yuventus" sobiq futbolchisi Alessio Takkinardi jamoadan Krishtianu Ronaldu ketgach, bo'lishi kutilayotgan o'zgarishlar haqida gapirdi.

"Aytaylik, bu u qadar maqul vaqt emasdi: transfer oynasi yopilishiga uch kun qolganidagi xayrlashuv, "Yuventus"ni qiyin vaziyatda qoldirdi. Vaziyat shunchalikki, menimcha "keksa sinora" yanvar oyidayoq transferlarga qo'l urishi zarur.

Shu vaqtning o'zida, jamoadagi barcha futbolchilar yetakchilik borasida ham o'sishlari zarur: agarda Ronaldu bilan bazi o'yinlardagi ma'lum muammolarni "yopib ketish"ning iloji bo'lgan bo'lsa, endi u yo'q.

Jamoaning hozir darajasi tushib ketmasligi uchun hozir ikki narsadan biri bo'lishi zarur: "o'yinchilarning "vazni" oshishi, yoki jamoaning o'yinidagi tajovuzkorlikning oshishi, xuddi shu narsa hozir Piolining "Milan"ida bo'layotganini ko'rish mumkin", – dedi Takkinardi.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru