Surxon yana ikki nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Khoja
26 dek 2024, 10:51
Surxon navbatdagi futbolchilar bilan kelishuvlarni uzaytirdi.

Bu safar, hujumchi Muhammad Ali Abdurahmonov hamda himoyachi Behruz Shaydulov bilan shartnoma uzaytirildi. Har ikkala futbolchining shartnomasi 2026 yilning oxirigacha mo'ljallangan.

O'tgan mavsumida Abdurahmonov barcha musobaqalarida 25ta uchrashuvda maydonga tushib, gol+pas tizimi bo'yicha 9 ochko (7+2) ishlagandi

Shaydulov esa 31 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golga assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia