"Surxon" Turkiyada yig'in o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
1 yanv 2026
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish maqsadida jamoa 4 yanvar kuni Toshkentdagi qarorgohida yig'ilib, dastlabki mashg'ulotlarni boshlaydi.

14 yanvar kuni esa jamoa Turkiyaga yo'l oladi va u erda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Yig'in Turkiyaning Belek shahrida bo'lib o'tadi, unda bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Yig'in 18 fevral kuni yakunlanadi, shundan so'ng jamoa Toshkentga qaytib, mavsum startiga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Klub matbuot xizmati yaqin vaqt ichida delegaciya tarkibi, shuningdek, sparring-raqiblar haqida batafsil ma'lumot beradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати