Surxon: Sho'rtanga qarshi yoshlar o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2019, 14:32
Bugun O'zbekiston Liga Kubogi 2-turida Termizning Surxon klubi o'z uyida Sho'rtanni qabul qiladi.

Superliganing 13-turidan o'rin olgan Nasafga qarshi uchrashuvdan so'ng, Baxtiyor Ashurmatov asosiy tarkibning deyarli barcha futbolchilariga dam olish imkoniyatini yaratib berdi.

Sababi, futbolchilar mavsum davomida juda katta darajada kuch sarflashdi. Bugun O'zbekiston Liga kubogi doirasida Sho'rtan jamoasiga qarshi bahsda jamoaning yoshlar tarkibi harakat qiladi. Bu o'z navbatida yosh futbolchilar uchun tajriba orttirish imkoniyatini beradi.

Asosiy tarkib futbolchilari 6 iyul kuni Toshkentda yig'iladi va ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlaydi. Albatta, o'z oldiga kuchli uchlikga kirishni maqsad qilgan Surxon jamoasi, transferlar oynasi ochilgach, o'z tarkibini yanada maxoratli futbolchilar bilan to'ldirishni maqsad qilgan. Bu borada hozirda bir qator futbolchilar bilan muzorakalar olib borilmoqda.

Surxon matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia