Suriya bilan qanday formada o'ynaymiz?

Narzulla Saydullayev
4 sen 2018, 14:57
6 sentyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Mazkur o'yinda terma jamoamiz qaysi brend ostidagi formada o'ynashi ko'pchilik uchun qiziq.

Shu paytga qadar O'zbekiston terma jamoasi JOMA brendi ostidagi formalarda o'ynab kelayotgandi. Biroq Ektor Kuper kelganidan keyin terma jamoamiz JOMAda emas boshqa formada mashg'ulot o'tkazmoqda. Hozircha bu Adidas yoki boshqa brendligini bilmaymiz.

O'FA vakillariga murojaat qilganimizda Suriya bilan o'yinda qanday formada o'ynashimiz ertaga e'lon qilinishini aytishdi. Ertaga soat 12:00da o'yin oldi rasmiy yig'ilish bo'lib o'tadi. Aynan mana shu yig'ilishda forma ommaga namoyish etiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia